Xorazmda yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan eʼlon qilingan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida Xorazm viloyatida 1 fevral kunidan boshlangan profilaktik tadbirlar faol davom etib, viloyatdagi taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishda bevosita Xorazm viloyati IIB rahbar va masʼul xodimlarining ishtirok etayotganligi esa profilaktik ishlarning sifat va samaradorligini yana-da oshishini taʼminlamoqda.
Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tahsil olayotgan talaba yoshlar bilan oylik doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik S.Rahimov ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, xususan, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tdi.
Polkovnik S.Rahimov kelgusida inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzining posboni bo‘lishi kutilayotgan tibbiyot oliygohining talabalarini tengdoshlari orasida giyohvandlikning inson salomatligiga salbiy taʼsirini keng targ‘ib qilish orqali giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga chorladi.
Uchrashuvda ishtirok etgan talaba yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks etgan bukletlar tarqatilib, IIV Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “O‘zini yo‘qotganlar” va “Biz OITSga qarshimiz, Sizchi?” nomli videofilmlar namoyish etildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati