Xorazmlik kursantlar ish o‘rganish amaliyotiga kirishdilar
2020 yil 17 iyun kunidan boshlab IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 2-o‘quv kursi kursantlari jamlovchi ichki ishlar organlarida ish o‘rganish amaliyotini o‘tashga kirishdilar.
Shu munosabat bilan IIV Akademiyasining 2-o‘quv kursida tahsil olayotgan xorazmlik kursantlar ham amaliyot o‘tash uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga yetib kelishdi.
2020 yil 19 iyun kuni Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlarining kursantlar va ularning ota-onalari bilan (karantin qoidalariga rioya qilgan holda) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida kursantlarga ish o‘rganish amaliyotidan unumli foydalanish, Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, amaliyot davrida xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilish, shu bilan birgalikda, fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan zarur tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, kursantlar “Stajyor-ekspert-kriminalist”, “Stajyor-tergovchi”, “Stajyor-yo‘l harakati xavfsizligi xodimi”, “Stajyor-tezkor vakil” va “Stajyor-profilaktika inspektori” sifatida ish o‘rganish amaliyotini o‘taydilar. Ularning barchasiga tajribali xodimlar amaliyot rahbari etib biriktirildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati