26 Iyul 2022 yil 528

Huquqiy himoyaga eʼtibor: Urganch tumani IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Sh.Botirova faoliyatidan

Urganch tumani IIB HPB xodimlari tomonidan ayollar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, oilalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilash, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga amaliy yordam berish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, muqaddam sudlangan, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, yashash manzilidan uzoq muddatga chet ellarga ketgan, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmayotgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlar olib borilyapti.

-Mahallalarda tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, har bir oiladagi xotin-qizlarning turmush tarzi, yashash sharoiti, muammolari uyma-uy yurib o‘rganilmoqda,-deydi tuman IIB HPB XQMB katta inspektor, mayor Shaxnoza Botirova.-Ushbu o‘rganishlar jarayonida xotin-qizlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, imtiyozli bank krediti asosida tadbirkorlikka jalb etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joylarda amalga oshirilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar natijasida xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligi oshirilib, ularning huquqiy himoyasi taʼminlanyapti.

 

                                                                    Xudoybergan JABBOROV,

                                                                            “Postda” muxbiri.

Text to speech