Ishchi guruh tomonidan shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligi darajasi o‘rganildi.
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy, kadrlar bilan taʼminlash, jangovar va jismoniy hamda taʼlim jarayonini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Bunda ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati IIB uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish bilan birgalikda, shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy va kasbiy tayyorgarligi darajasi o‘rganilib, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Xususan, ishchi guruh tomonidan IIV Xorazm akademik litseyida olib borilgan o‘rganishda taʼlim jarayonini tashkil etishda ilg‘or pedagogik metodlardan foydalanish samaradorligi, o‘quvchilarni kelgusida IIV Akademiyasi va harbiylashtirilgan oliy taʼlim muassasalarida tahsilni davom ettirishga har tomonlama tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tahliliy o‘rganildi.
O‘rganish yakunida litsey o‘qituvchi-pedagoglar jamoasi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati