5 Iyun 2022 yil 513

Ichki ishlar vaziri kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqaning mahallalar o‘rtasidagi bosqichi yakunlandi

Ayni kunlarda Xorazm viloyatining 3-sektorlarida yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun musobaqalar qizg‘in davom etmoqda.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus olimpiadasi”ga tayyorgarlikni taʼminlash, yoshlar ayniqsa uyushmagan yoshlar orasidan iqtidorli, kuchli va tug‘ma isteʼdodi bor yoshlarni  seleksiya qilish maqsadida uyushtirilgan ushbu sport musobaqasi viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi 3-sektorda joylashgan mahallalar yoshlarini qamrab oldi.

Musobaqalar yuqori saviyada o‘tkazilishi borasida shahar-tuman ichki ishlar organlari tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 1-5 iyun kunlari viloyatning barcha shahar-tumanlaridagi 3-sektorlarida musobaqaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lganligi bilan ishtirokchilarning qiziqishini orttirgan bo‘lsa, g‘olib va sovrindorlarning tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanganligi esa musobaqa nufuzining yuqori ekanligini belgilab berdi.

Viloyatdagi shahar va tumanlarda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla yoshlari joriy yilning 8-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida o‘zaro kuch sinashadilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech