31 Mart 2021 yil 705

Qidiruv xizmati faoliyatiga yangicha yondashuv

Jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni ushlash, jazo muqarrarligini taʼminlash ichki ishlar organlarining asosiy faoliyatlaridan biri hisoblanadi.

Shu paytga qadar bu toifadagi shaxslarni qidirib topish va ushlashda ularning yaqin qarindoshlari va oila aʼzolari bilan deyarli hamkorlik o‘rnatilmagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyati IIB va viloyat prokuraturasi masʼul xodimlari viloyat hududida istiqomat qilgan va ayni kunda jinoyat sodir etganligi uchun tergov va sud organlari tomonidan qidirilayotgan shaxslarning oila aʼzolari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro anglashuv  uchrashuvini o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda qidiruvdagi shaxslar ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qilish organlariga yetib kelib, jinoyatni fosh etishda tergov organi bilan yaqin hamkorlik qilsa, ularga nisbatan tanlangan extiyot chorasini yengilrog‘i bilan almashtirish va jazo tayinlashda nazarda tutilgan yengilliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarining qidiruvdagi oila aʼzolarini tergov va sud organlariga yetib kelishida amaliy yordam berishga tayyorligini bildirib o‘tdilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech