9 Fevral 2024 yil 4879

IIV XORAZM AKADEMIK LITSEYIGA QABUL E’LON QILINDI!

2024-yilning 10-fevral kunidan IIV Xorazm akademik litseyiga 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi.

O‘qishga kimlar qabul qilinadi?

IIVning akademik litseylariga umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitkazuvchi o‘quvchilar qabul qilinadi. 

Qanday hujjatlar talab etiladi?

IIVning akademik litseyida o‘qish istagini bildirgan nomzodning arizasi.

Arizaga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- belgilangan shakldagi so‘rovnoma (anketa);

- namuna asosida yozilgan batafsil tarjimayi hol;

- o‘qish joyidan (maktabdan) tavsifnoma;

- fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;

- o‘zi va yaqin qarindoshlarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va pasport nusxalari,

- o‘zining (o‘g‘il bolalar uchun) mudofaa ishlari bo‘limlaridan ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi;

- 3x4 o‘lchamdagi 6 ta hamda 9x12 o‘lchamdagi 2 ta (bosh kiyimsiz, burchaksiz va oq fondagi) fotosurat.

 O‘qishga qabul qilish nechta bosqichdan iborat?

 IIVning akademik litseylariga qabul 3 bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich- dastlabki tanlov bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) dastlabki suhbat;

2) psixologik test. Psixologik testdan o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

3) tibbiy komissiya ko‘rigi. Tibbiy komissiyadan o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.

Ikkinchi bosqich - maxsus professional tanlov bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash (diktant);

2) umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha sinov ;

3) yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish . Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 767-sonli qarori 33-bandida belgilangan.

Uchinchi bosqich - test sinovlari.

Test sinovlari belgilangan tartib asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Test sinovi o‘tkaziladigan fanlar:

Tarix;

Chet tili;

Ona tili va adabiyot.

Eslatib o‘tamiz, IIV Xorazm akademik litseyida o‘qish istagidagi 9-sinfda o‘qiyotgan o‘quvchilardan arizalar ota-onalarining ishtirokida 2024-yil 10-fevraldan 2024-yil 15-aprelga qadar IIV Xorazm akademik litseyi binosida qabul qilinadi.

Manzil: Urganch shahar, Egam Raxim ko‘chasi, 77-uy.

Tel: +99862-224-77-48

Text to speech