2 Noyabr 2020 yil 805

IIV ishchi guruhi Xorazm viloyatida

Ichki ishlar organlari va fuqarolar yig‘inlarining uzviy hamkorligi joylarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirishda o‘z samarasini berishi tabiiy.

Aholining turmush tarzini yuksaltirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov rahbarligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan viloyatdagi mavjud 519 ta mahallalarda  “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi bilan ishlash tizimi batafsil o‘rganilmoqda.

Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinib, bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasadi shaxslarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va nogiron fuqaro yashovchi oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularni doimiy ish bilan taʼminlash ahvoli ham ishchi guruh tomonidan mukammal tahlil etilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech