IIV Xorazm akademik litseyida Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida 2022 yilning 7 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorazm akademik litseyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda litseyning 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida «Biz kimmiz, qanday buyuk insonlarning avlodimiz!» mavzusida bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni akademik litsey direktori R.Masharipov ochib berdi va Amir Temur, uning xalqimiz tarixida tutgan beqiyos o‘rni haqida qisqacha maʼlumot berib, ishtirokchi o‘quvchilarga omad tiladi.
Shundan so‘ng bellashuvlar boshlandi. Bellashuvda o‘quvchilar 3 ta shart bo‘yicha, yaʼni 1-shart "Zukkolar bellashuvi" (test ishlash), 2-shart "Aql charxi" (krassvord ishlash ) va 3-shart “Temur tuzuklari bilimdoni” bellashuvi asosida o‘tkazildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Amir Temur bobomizning davlat boshqaruvi haqida videorolik va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda g‘olib bo‘lgan va faol qatnashgan o‘quvchilar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad, albatta yosh avlodni o‘z ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘ularini tiyishi, ularga munosib voris bo‘lishga intilishi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Ona Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati