23 Oktyabr 2020 yil 810

IIV Xorazm akademik litseyida bayram munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda har yili “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” keng nishonlanadi. Tinchlik va osoyishtalik posbonlarining kasb bayrami hisoblanuvchi ushbu sana munosabati bilan joriy yilda ham ichki ishlar organlarining barcha tuzilmalarida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilab olingan.

IIV Xorazm akademik litseyida viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir joriy yildagi bayram tadbirlarining ilk debochasi bo‘ldi.

Pandemiya tufayli karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazilgan tadbirda akademik litseyning bir guruh o‘quvchilari, sohaning fidoyi xodimlari va faxriylari ishtirok etdilar.

Ko‘rik-tanlov shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirda litsey o‘quvchilari o‘zlarining ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tilaklarini sheʼriy ifoda etish bilan birgalikda, ichki ishlar organlari faoliyati va tarixiga oid bilimlari, huquqiy savodxonligi, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish hamda jumboqli vaziyatlarning yechimini topish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliq va badiiy kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech