7 Mart 2022 yil 409

IIV Xorazm akademik litseyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi  

“8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorazm akademik litseyida 2022 yil 7 mart kuni "Bahor malikasi" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litsey direktori polkovnik R.R.Masharipov kirish so‘zi bilan ochib, ayol zotining muqaddas ekanini, bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning har sohada faol ekanliklarini yana bir bor taʼkidlab o‘tdi. Tadbirda litseyning 1-bosqich o‘quvchi-qizlardan sakkiz nafari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining bilimini, zukkoligini va chaqqonligini namoyish qilishdi. Munis ayollarni, go‘zal qizlarni madh qiluvchi sheʼrlardan aytib, diltortar qo‘shiqlar kuylashdi. Ishtirokchi qizlarning bilimi, aql-u zakovati, pazandaligi, isteʼdodi hamda qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimi kapitan A.Oripov ham ishtirok qildi va fursatdan foydalanib munis ayollarimizga o‘zining samimiy tilak va istaklarini yetkazib, litseyning ona tili va adabiyot fani bosh o‘qituvchisi Nasiba Abdullayevaga Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig‘ini topshirdi.

Ishtirokchi qizlar ham turli xil nominatsiyalar bo‘yicha diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech