19 Mart 2022 yil 411

IIV Xorazm akademik litseyida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi

“21 mart – Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV ning Xorazm akademik litseyida 2022 yil 18 mart kuni "Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litsey direktori polkovnik R.R.Masharipov kirish so‘zi bilan ochib, Navro‘z bayrami o‘zbek xalqining ko‘p yillik qadriyatlarini namoyon qiluvchi, milliy anʼanalarni aks ettiruvchi  bayram ekanligini taʼkidlab, barchani ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari o‘rtasida milliy sport o‘yinlarining “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish” va “Qarab tep” turlari bo‘yicha bo‘yicha musobaqa uyushtirildi. Musobaqa jarayonida o‘zlarining epchil va kuchli ekanligini ko‘rsata olgan o‘quvchilar g‘oliblar safidan o‘rin oldilar.

Bundan tashqari, “Navro‘z” bayramini ifodalovchi ko‘rgazmali buyumlarni qo‘lda yasash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ham litsey o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining iqtidorlarini namoyon etdilar.

Bayram tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda faol ishtirok etgan o‘quvchilar anʼanaga muvofiq diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech