IIV Xorazm akademik litseyida taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan hamda Vatanparvarlik oyligi doirasida, shuningdek o‘quvchilarning qishki taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorazm akademik litseyi rahbariyatining tashabbusi bilan litseyning 1-bosqich o‘quvchilari Urganch shaxridagi harbiy qismga va harbiy qism tasarrufidagi “Jasorat bog‘i”ga tashrif buyurdilar. U yerda o‘quvchilarga harbiy xizmatchilar va askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmat o‘tash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “Jasorat bog‘i”da joylashtirilgan eksponatlar yaʼni harbiy texnikalar va o‘qotar qurollarning eksponatlari bilan ham mutaxassis xodimlar o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib chiqdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlariga kerak bo‘lgan tasavvurlarga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad, albatta yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chinakam xalq himoyachisi bo‘lib ulg‘ayishi, ona Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir.
Litsey o‘quvchilarning taʼtil kunlarini yana-da maroqli va sermazmun o‘tishini taʼminlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar reja asosida davom etadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati