IIV Xorazm akademik litseyida Z.M.Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xorazm akademik litseyida 11 fevral kuni shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Adolatli shoh va buyuk shoir" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda litsey o‘quvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, “Boburnoma” asari haqida o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek “Ko‘hinur” va "Boburning tug‘ilishi" nomli sahna ko‘rinishlarida o‘z qobiliyatlarini namoyon etishdi. Bobur g‘azallari va ruboiylaridan iborat qo‘shiqlar ijro qilindi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlab o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intelektual o‘yinlari o‘tkazildi.
Tadbir yakunida akademik litsey direktori polkovnik R.R.Masharipov so‘zga chiqib, Boburning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga uning asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish lozimligini taʼkidlab o‘tdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining bir guruh masʼul xodimlari ham ishtirok etib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi hamda Zaxiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida o‘zaro fikr almashdilar. Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilarga diplom va estalik sovg‘alar topshirildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlarni ajdodlarga munosib avlod bo‘lish voyaga yetishlarida, shuningdek ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati