12 Avgust 2020 yil 1002

Insonparvarlik tamoyilining amaliy ifodasi

Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati xodimlari sudlar tomonidan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishini taʼminlashda, xizmat ro‘yxatida turgan shaxslarga nisbatan qonunlarda nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillarining o‘z vaqtida tatbiq etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelmoqdalar.

Bu borada ayniqsa sudlar tomonidan tayinlangan jazolarni o‘tash  davrida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan, zimmalariga yuklatilgan vazifaga masʼuliyat bilan yondashgan, tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan sudlarga o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritilayotganligi xizmat xodimlarining ro‘yxatga olingan har bir shaxsning taqdiriga befarq emasligidan dalolatdir.

Joriy yilning 11 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudida tuman IIB probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan ana shundan taqdimnomalardan bir nechtasi (karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda) ko‘rib chiqildi.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan shaxslarning kelgusi turmush tarzi to‘liq o‘rganilib, zarur hollarda ularni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan mutasaddi organlarga ham taqdimnomalar kiritildi.

Shuni ham taʼkidlab o‘tish lozimki, tayinlangan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan bir nafar shaxsga nisbatan jinoyat uchun jazoning muqarrarligi prinsipidan kelib chiqqan holda, ilgari tayinlangan jazosini bir karra og‘irrog‘i bilan almashtirish yuzasidan kiritilgan taqdimnoma ham sud tomonidan ko‘rib chiqilib,  qanoatlantirildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech