12 Fevral 2021 yil 916

Jaloliddin jasorati qalbimizda

Xorazm viloyati Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari o‘rtasidagi hamkorlik jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yo‘nalishi bilan birgalikda maʼnaviy-maʼrifiy sohada ham samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Milliy gvardiya boshqarmasi tashabbusi bilan “Jaloliddin Manguberdining Vatan ozodligi yo‘lidagi jasorati” mavzusida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Milliy gvardiya va Ichki ishlar boshqarmasida xizmat qilayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir Xiva shahridagi “Maʼmun” akademiyasida  Jaloliddin Manguberdining hayoti hamda Vatan ozodligi yo‘lidagi jasorati akademiyaning yetakchi tarixshunoslari tomonidan ko‘rgazmali-seminar tarzida o‘tkazildi.

Seminarda ishtirok etgan harbiy xotin-qizlar ham so‘zga chiqib, Jaloliddin Manguberdi jasorati avlodlar qalbida mangu yashashini, Vatanni sevish va uni himoya qilishda har bir yigit-qiz Jaloliddin Manguberdidan o‘rnak olishi lozimligini aytib o‘tdilar.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirga taklif etilgan xotin-qizlar shu kuni “Ichon qalʼa” majmuasidagi tarixiy obidalarni va “Xorazm lazgisi” targ‘iboti doirasidagi betakror raqslarni tomosha qilib unutilmas taassurot bilan qaytdilar.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati    

Text to speech