30 Oktyabr 2020 yil 724

Yangibozor tumani IIB tomonidan profilaktik chora-tadbirlar yangi bosqichga olib chiqildi

Mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 15 oktabr kunidan 15 noyabr kuniga qadar “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va xizmat faoliyatini takomillashtirish” oyligi keng miqiyosda o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyatida ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Yangibozor tumani IIB shaxsiy tarkibi mazkur oylik doirasida asosiy eʼtiborni tuman hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashishga emas, aksincha jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratdilar.

Jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosan ko‘rgazmali targ‘ibot-tashviqot ishlaridan keng foydalanilmoqda.  

Yangibozor tumanining markaziy ko‘chalari, bozor hamda hiyobonlarida yirik o‘lchamdagi banner, panno va monitorlar o‘rnatilib, aholiga bukletlar tarqatilmoqda.

Tumandagi har bir mahalla, mehnat jamoasi hamda taʼlim muassasalarida profilaktik yo‘nalishdagi uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarga jinoyat qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar yuzasidan hayotiy misollar bilan tushuntirishlar berilib, ogohlikka chaqirilmoqda.

Olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 15 oktyabr kunidan buyon tuman hududida qasddan jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech