Jinoyat fosh etildi, tergov harakatlari olib borilmoqda
Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kichik tibbiy xodimasi, 1987 yilda tug‘ilgan M.M. shaxsiy boylik orttirish maqsadida hattoki qonunga xilof xatti-harakat qilishdan ham qaytmadi.
U tanishini tibbiyot tizimiga ishga joylashda maslahat so‘rab kelgan fuqaro S.Qo‘chqarovga bu borada o‘zi yordam berishini ammo ozgina “harajati” borligi ochiqchasiga aytdi.
S.Qo‘chqarov taʼmagirning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qildi.
2021 yilning 12 fevral kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, S.Qo‘chqarovdan talab qilingan 1400 AQSH dollarini olgan M.M. jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati