23 Noyabr 2021 yil 576

Jinoyat jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Har qanday jinoyatni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida shu kabi jinoyatlarni qayta sodir etilishini oldini olishda keng jamoatchilikning ishtiroki va masʼuliyatini  oshirishdir.

Joriy yilning 18 noyabr kuni Bog‘ot tumanida sodir etilgan inson o‘limi bilan yakunlangan mudxish jinoyat Xorazm viloyati IIB boshlig‘i general-mayor D.A.Nazarmuxamedov tomonidan Bog‘ot tumanining “O‘zgarish” mahallasida jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, jinoyat tafsilotlari yuzasidan Bog‘ot tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi  batafsil axborot berib, jumladan Bog‘ot tumani “O‘zgarish” mahallasida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan shaxs, kuchli mast xolatda o‘z uyida turmush o‘rtog‘ini qasddan urib tan jarohati yetkazganligini va turmush o‘rtog‘i olgan jarohatlaridan vafot etganligini, bugungi kunda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi va gumondor extiyot chorasi sifatida qamoqqa olinganligini  aytib o‘tdi.

Shundan keyin joniyat sodir etilgan hudud yaʼni Bog‘ot tumani “O‘zgarish” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan mahallada olib borilgan targ‘ibot-tashviqot hamda profilaktik chora-tadbirlar, shuningdek mahallabay, xonadonbay usulida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek gumondorning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilari hamda imom-xatibning mazkur jinoyat yuzasidan fikr-mulohazalari va kelgusida bu kabi mudxish jinoyatlarning oldini olish borasidagi takliflari tinglandi.

Muhokama yakuniga ko‘ra o‘z xizmat vazifalarini bajarishda masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘yib kelgan masʼul shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech