Jinoyatchilikni jilovlashda amaliyot va nazariya uyg‘unligi taʼminlanadi
Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan IIV Hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish hamda tizim uchun kadrlar tayyorlash sifatini yana-da oshirish lozimligi taʼkidlangan edi.
Shundan kelib chiqqan holda IIV Akademiyasining malakali o‘qituvchi-pedagoglaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashilmoqda.
Ayni kunlarda Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan ishchi guruh aʼzolari viloyatdagi kriminogen vaziyatni, eng ko‘p sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni, ularning sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda uning natijasiga ko‘ra, “jinoyatchilikni jilovlash” yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalardan iborat o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlash, so‘nggi 3 yilda Akademiyani tamomlagan yosh xodimlar faoliyatini monitoring qilish, IIV Xorazm akademik litseyida amalga oshirilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlariga uslubiy ko‘maklashish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirdilar.
Nazariya va amaliyotning uyg‘unligini taʼminlash hamda kadrlar malakasini oshirish kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati