24 Iyun 2023 yil 5654

“Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida tibbiyot xodimlari bilan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati hududida “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasida kiberjinoyatchilikni oldini olish borasida targ‘ibot tadbiri davom etmoqda.

Bugun Xorazm viloyati Tibbiyot markazida tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimlari bugungi kunda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularga qarshi kurashish va bu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolishga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.

Biror tig‘ yoki buyum bilan inson tanasiga yengil va og‘ir jarohatlar yetkazish mumkin. Ammo kiberjinoyatda insonning maʼnaviyati va ijtimoiy muhitiga taʼsir o‘tkazish mumkin -deydi Lochinbek Atoyev

Shuningdek, fuqarolarning savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilishiga qaramay, bu turdagi jinoyatlar salmog‘i ortib borayotgani aniq misollar yordamida aytib o‘tildi.

“Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech