3 May 2022 yil 558

Kitobxonlik ularning tabiatiga xos

So‘nggi yillarda yurtdoshlarimizning, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga havasi  oshganligi hech kimga sir emas. Albatta bu borada turli soha vakillari va keng jamoatchilik o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon”, “Kitobxon oila”, “Zukko kitobxon” kabi nomlar ostida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlov hamda bellashuvlar ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda ichki ishlar organlarining kitobxon xodimlari ham sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotganliklari eʼtirofga arziydi.

Shuni taʼkidlab o‘tish kerakki, inson maʼlum bir sondagi yoki yo‘nalishdagi adabiyotlarni o‘qish bilan cheklanib qolmasligi kerak, doimo izlanishda bo‘lgan insongina zamon bilan hamnafas yashaydi.

Shundan kelib chiqqan holda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yana-da rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Xotin-qizlarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish tabiatan kuchlidir. Shu bois viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan barcha xotin-qizlar o‘zlarining bo‘sh vaqtini boshqarma kutubxonasida o‘tkazishlari odat tusiga aylangan. Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati bosh inspektori mayor Yu.Hamdamova o‘zidagi va hamkasb dugonalaridagi ushbu hislatlardan kelib chiqqan holda ular bilan tez-tez uchrashib, ayni kunlarda o‘qigan va o‘qiyotgan kitoblari borasida suhbatlashib turadi.

O‘z navbatida boshqarma kutubxonasiga yangi keltirilgan o‘zbek va jaxon adabiyotining durdona asarlari hamda siyosiy va huquqiy yo‘nalishdagi kitoblarni hamkasblariga o‘qish uchun tavsiya qiladi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech