9 Fevral 2024 yil 3462

Kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi

Joriy yilning 1-fevral kunidan boshlangan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri davomida Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq bir necha jinoyatlar fosh etildi.

Jumladan, 6-fevral kuni, Xorazm viloyati IIB va Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari Urganch tumani “Hidoyat” mahallasida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan, Q.D. ning uyida uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida,   yotoqxonasidagi temir seyf ichida va omborxonasida jami 252 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini  qonunga xilof ravishda saqlab kelganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, 8-fevral kuni Urganch shahrining “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1971-yilda tug‘ilgan Q.A. ning uyi ko‘zdan kechirilganida omborxonasida 12 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi, 20 gramm “kannabis” o‘simlik urug‘i hamda 14 million so‘m, 610 AQSH dollari, 7500 Rossiya rubl pul birliklari borligi, yotoqxonasidagi shkaf ichida esa tegishli hujjatlari bo‘lmagan bir dona pnevmatik qurol va 200 dona o‘q-dorilar hamda bir dona ov pichog‘ini saqlab qo‘yganligi aniqlanib, tegishli tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

9-fevral kuni Hazorasp tumani “Ovshar” mahallasida harakatlanib kelayotgan, 1971-yilda tug‘ilgan, T.E. va 1957-yilda tug‘ilgan O.S. lar gumondor tariqasida to‘xtalib, yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, T.E. cho‘ntagida 1 gramm “geroin”, O.S. esa cho‘ntagida 0,6 gramm “geroin” va 2,4 gramm “opiy” giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlab qo‘yganliklari ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech