Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga start berildi
Urganch shahrida ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatlari o‘rtasida “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichiga start berildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, bilim saviyasini oshirish, ularning xizmat va jangovar shayligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Hududiy ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatlari o‘rtasida o‘rtasida o‘tkazilgan “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari joriy yilning 4 noyabr kuni Urganch shahriga yetib keldilar va ko‘rik-tanlovning shartlarini bajarishga kirishdilar.
Ishtirokchilarning sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zlashtirganlik darajasi, tabel qurolidan amaliy o‘q otish, qo‘l jangi usullarini bajarish, to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 3000 metrga yugurish, 50 metrga suzish va saf tayyorgarligi bo‘yicha bilim va mahoratlari sinovdan o‘tkaziladi.
7 noyabr kuniga qadar davom etadigan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini diplom, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash nazar tutilgan.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati