9 Dekabr 2022 yil 314

Korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha “Ishchi guruh” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining  ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratishga oid buyrug‘i talabidan kelib chiqqan holda Хоразм вилояти ИИБ da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  “Ishchi guruh” faoliyat olib bormoqda.

Joriy yilning 9 dekabr kuni viloyat ИИБ da mazkur “Ishchi guruh”  иштирокида yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi podpolkovnik A.S.Inomov olib bordi.

Yig‘ilishda Хоразм вилояти ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Ishchi guruh” tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.  

Yig‘ilish yakunida “Ishchi guruh” aʼzolariga viloyat ichki ishlar organlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaviy xolatni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, shaxsiy tarkibning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Хоразм вилояти ИИБ Axborot xizmati

Text to speech