27 Aprel 2022 yil 416

Korxona va tashkilotlarning xodimlariga o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari qizg‘in bahs va munozalarga boy bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil fevral oyidagi “Internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi boshchiligida, mutasaddi vazirlik va idoralardan tuzilgan Ishchi-guruhi Xorazm viloyatida 200 nafar viloyat hududida faoliyat olib boruvchi 46 ta korxona va tashkilotlarning rahbarlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga masʼul ishchi xizmatchilari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha biriktirilgan shahar-tuman ichki ishlar organlarining tezkor xodimlariga “Kiberjinoyatlar bugungi kundagi asosiy taxdidlardan biri” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimi S.B.Sadikov Prezident qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Internetdagi tahdidlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha 3 qatlamli kompleks targ‘ibotchora-tadbirlarining mazmuni va mohiyatini ishtirokchilarga yetkazib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Vazirlik masʼul xodimlari, Ishchi-guruh vakillari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktori vazifasini bajaruvchi M.M.Kaxarova, Davlat xavfsizlik xizmati huzuridagi “Kiberxavfsizlik markazi” Davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi F.A.Abdusalyamovlar tomonidan “Kiberjinoyatlar bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri”, “Aholi o‘rtasida internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishning maʼnaviy maʼrifiy jihatlari”, “Korxona va tashkilotlarda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish masalalari” mavzularida chiqishlar qilindi.

Keyingi o‘rinda, ishtirokchilarga Vazirlik Kiberxavfsizlik markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Kiberyordamchi” tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Xorazm viloyati o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari doirasida Ishchi-guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech