Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni xodimlari o‘rtasida “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq o‘tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, bilim saviyasini oshirish, ularning xizmat va jangovar shayligini taʼminlashga qaratilgan.
Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilarning sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zlashtirganlik darajasi, tabel qurolidan amaliy o‘q otish, qo‘l jangi usullarini bajarish, to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 3000 metrga yugurish, 50 metrga suzish hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha bilim va mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarga “Namunali patrul-post xizmati xodimi” va “Namunali patrul-post xizmati qism komandiri” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati