Kun tartibida gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish
Ayni kunlarda Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish doirasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday turiga barham berish bo‘yicha, gender zo‘ravonlikka idoralararo javob qaytarish “Standart operatsion ish tartiblari”ni keng targ‘ib qilish maqsadida xalqaro tashkilotlarning ekspertlari bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Kaskad usulida o‘tkazilgan seminar-treninglar davomida Urganch shahrining “Temiryo‘lchi”, “Shodlik”, “Kamolot” va “Gulshan” nomli mahallalarida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘rganib chiqildi.
Unda yuqoridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, ularning o‘rinbosarlari, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari qatnashdilar.
Ekspertlar tomonidan berilgan takliflarni kelgusida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda gender tenglikni taʼminlash bo‘yicha amaliyotga tatbiq etish borasida kelishib olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati