Kun tartibida xotin-qizlar masalasi
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat taraqqiyotida xotin-qizlarning rolini oshirish va gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning safi ortib bormoqda.
Xususan, Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilingan xotin-qizlarning soni so‘nggi besh yil davomida bir necha baravarga ortgan.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarda xizmat ko‘nikmasini shakllantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish o‘ziga xos yondashuvni talab etadi.
Ana shundan kelib chiqib, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan xotin-qizlar bilan alohida kasbiy, jangovor va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
4 noyabr kuni Xorazm viloyati IIB saf maydonida o‘tkazilgan navbatdagi saf ko‘rigida xotin-qizlarning kiyim-bosh kiyish tartibiga rioya qilishlari va xizmat guvoxnomalari tekshirilgach, ularning saf tayyorgarliklari ham sinovdan o‘tkazildi.
Shundan keyin sohada shaxodatlangan shaxsiy tarkibi safiga kiruvchi xotin-qizlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik D.Bog‘ibekova tayinlanganligini ishtirokchilar eʼtiboriga yetkazdi.
Shundan keyin polpolkovnik D.Bog‘ibekovaning sohada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirishga oid reja-dasturi eshitildi.
Yig‘ilishda bildirilgan taklif va fikr-mulohalardan kelib chiqqan holda yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati