Sektor kun tartibida: Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sektorlar faoliyati yildan-yilga takomillashib, samaradorligi ortib bormoqda.
3-sektorga masʼul etib biriktirilgan hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari ham bu boradagi ishlarga masʼuliyat bilan yondashib, amaliy chora-tadbirlarni tumanbay, mahallabay, xonadonboy va fuqarobay tizimida amalga oshirib kelmoqdalar.
Xususan, Xorazm viloyatining 3-sektorida tuzilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ularning doimiy ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida bugun viloyatdagi barcha shahar va tuman ichki ishlar organlari boshlig‘i va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi.
Xotin-qizlarning har bir murojaati sinchkovlik bilan o‘rganilib, qonuniy hal etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, hududdagi “Notinch oila” profilaktik ro‘yhatiga kiritilgan xonadonlardagi bugungi vaziyat ham mutasaddilar tomonidan batafsil o‘rganildi. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirilib, tomonlarga mazkur hujjat talablariga rioya qilmaslikning huquqiy oqibati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
O‘rganilishi va ijrosi muayyan muddatni talab etadigan murojaatlar esa qatʼiy nazoratga olindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati