25 Avgust 2021 yil 782

Kun tartibida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasiga bugungi kunda mamlakatimizda yangicha yondashuv va masʼuliyat bilan qaralmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi hamkorligida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Xorazm viloyatida ijro etilishi holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida mutasaddi tashkilot rahbarlarining maʼruza va hisobotlari tinglandi.

Viloyatda ushbu yo‘nalishda erishilgan ijobiy natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar keng muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

 

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech