Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini jadallashtirish yo‘lida
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati Ishonch markazi rahbari podpolkovnik Nodirjon Omonov rahbarlik qilayotgan muvofiqlashtirish shtabi aʼzolari tomonidan Xorazm viloyatidagi mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish borasidagi ishlar tahliliy o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shtab aʼzolari tomonidan Xonqa tumanida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida asosiy eʼtibor mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holat va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, ijtimoiy yordamga muhtoj har bir oilani individual ijtimoiy himoya qilish rejasini ishlab chiqish, aholi murojaatlari asosida va ijtimoiy himoya rejasining ijrosini o‘rganish jarayonida ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini taʼminlash, murakkab va yuqori texnologik tibbiy amaliyotlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez-ortopediya buyumlariga va shu kabi boshqa ijtimoiy xizmatlarga oilalarning ehtiyoji bo‘yicha tavsiyalar va buyurtmalar berish amaliyoti atroflicha o‘rganilib, ushbu ishlarni jadallashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuning bilan bir qatorda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlik himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham shtab aʼzolari tomonidan o‘rganilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf choralari ko‘rildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati