“Maʼnaviyat oyligi” doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi
Ayni kunlarda ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalkka sadokat bilan xizmat kilish — oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar samaradorligini yana-da oshirish maqsadida IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining masʼul xodimlari hududlarga xizmat safari uyushtirib amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Bu borada Xorazm viloyati IIB ga xizmat safari bilan kelgan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi kapitan I.Abdullayev tomonidan viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari hamda sohaviy va hududiy ichki ishlar organlaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul bo‘lgan xodimlar ishtirokida videokonferens aloqa shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar ichki ishlar organlarida o‘tkaziladigan “Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi har bir maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va kutilgan samaradorlikka erishish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida Xorazm viloyati IIB va uning sohaviy hamda hududiy organlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar maʼqullanib, o‘zaro amaliy yordam ko‘rsatish va hamkorlik qilish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati