“Maʼnaviyat oyligi” doirasida tarixiy obidalarga sayohat uyushtirildi
Ayni kunlarda Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalkka sadokat bilan xizmat kilish — oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 6 aprel kuni viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Maʼnaviyat marshruti” tadbiri ham taassurotlarga boy bo‘ldi.
Xorazm viloyati IIB va Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB ning bir guruh yosh xodimlari ishtirokida dastlab Urganch shahridagi muzeyda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar davri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida muzey direktori Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga oid tarixiy maʼlumotlarni xodimlar eʼtiboriga yetkazdilar.
“Maʼnaviyat marshruti”ning keyingi manzili Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” tarixiy muzey-qo‘riqxonasi bo‘ldi.
Muzey-qo‘riqxonaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan yosh xodimlarga tarixshunos gidlar tomonidan yetkazilgan maʼlumotlar esa obidalarning sir-sinoatini yana-da puxta o‘zlashtirishlari imkoniyatini berdi.
Kun davomidagi sayohat xodimlarga maʼnaviy ozuqa berish bilan birgalikda ularning tarixiy bilimlarini ham boyitishga munosib hissa qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati