24 Avgust 2020 yil 785

Maqsad – aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlash

Shu kunlarda Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida keng miqiyosda “Tozalash-Antiterror” tadbiri olib borilmoqda.

Asosiy maqsadi aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlashga yo‘naltirilgan mazkur tezkor-profilaktik tadbirga ichki ishlar organlarining barcha kuch va vositalari jalb qilingan.

Albatta bu borada ichki ishlar organlari bilan Milliy gvardiya va jamoatchilik vakillarining uzviy hamkorligi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Xorazm viloyatida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar natijasida, joriy yil avgust oyining o‘tgan davrida bir qator jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishga, bir necha qidiruvdagi jinoyatchilarni ushlash va bedarak yo‘qolgan shaxslarni oilasiga qaytarishga erishildi.

    Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech