21 Noyabr 2021 yil 485

Matbuot kotibi ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

Xorazm viloyatida xizmat safari yuzasidan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining matbuot kotibi polkovnik Sh.K.Giyasov viloyat IIB Axborot xizmatining faoliyatini o‘rganish bilan birgalikda bir qator ochiq muloqotlar ham uyushtirdi.

20 noyabr kuni dastlabki ochiq muloqot Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda polkovnik Sh.K.Giyasov ichki ishlar organlari xodimlariga jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qilish tartibi tushuntirdi.

Shuningdek shu kunning o‘zida Xorazm viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan jurnalist, bloger va OAV vakillari bilan ham ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotga tashrif buyurgan ishtirokchilarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir savollariga polkovnik Sh.K.Giyasov tomonidan batafsil javob berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan savollar yuzasidan belgilangan muddatda javob berilishi taʼkidlab o‘tildi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech