MIRZO BOBUR QALBIDA VATAN MADHI
Buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi va tarixchi olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorazm akademik litseyida “Mirzo Bobur qalbida Vatan madhi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Shox va shoir Mirzo Bobur asarlarini, g‘azal va ruboiylarini chuqur o‘rganish, mavzu-g‘oyasini teran mushohada qilish, badiiylik, sanʼat sirlarini egallash o‘quvchilar tomonidan ochib berildi. Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan shoirning g‘azal va ruboiylari, hayot-ijodi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.
Faol ishtirok qilgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Elyorbek Matyaqubov ,
IIV Xorazm akademik litseyi direktorining o‘rinbosari