10 Fevral 2022 yil 1036

Navoiyni anglash – maʼnaviyatni anglashdir

Buyuk mutafakkir, shoir va yozuvchi, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan IIV Xorazm akademik litseyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, shoir ijodidan g‘azallar o‘qildi. O‘quvchilar o‘rtasida guruhlarga bo‘lingan holda A.Navoiy hayoti va ijodiga oid savollardan iborat “Zakovat” intelektual o‘yinlari o‘tkazildi.

Shuningdek, A.Navoiy ijodiga bag‘ishlab o‘quvchilar o‘rtasida onlayn test sinovlari, insholar tanlovi hamda “Eng yaxshi g‘azal ijrochisi”kabi tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar litsey rahbariyatining diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.   

Bunday tadbirlarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad, albatta yosh avlodni o‘z ajdodlaridan faxrlanishi, ularga munosib voris bo‘lishga intilishi hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chinakam xalq ximoyachisi bo‘lib ulg‘ayishi, ona Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni shakllantirishdan iboratdir. Qolaversa, Navoiyni anglash – maʼnaviyatni, o‘zligimizni anglash demakdir.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech