Nazariy hamkorlik amaliy yutuqlar garovidir
Ayni kunlarda Xorazm viloyatidagi barcha shahar va tuman hokimliklari tarkibiy bo‘linma mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali tomonidan belgilangan rejaga muvofiq o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sohaga oid qonunchilik targ‘iboti bo‘yicha seminar-treninglar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda Xorazm viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan S.Xudayberganova “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” nomli mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib o‘tgan bo‘lsa, Urganch shahri bo‘yicha bo‘yicha IIO FMB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori mayor Sh.Botirova “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish” mavzusini Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqqan holda batafsil tushuntirdi.
Albatta o‘tkazilayotgan bu kabi seminar-treninglar soha mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birgalikda sohalar o‘rtasida nazariy hamkorlikni yanada taʼminlash orqali kundalik hayotimizda amaliy yutuqlarga erishish borasida muhim o‘rin tutishi shubhasiz.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati