OAV vakillari va blogerlar uchun navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi
Xorazm viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida viloyat IIB boshqarmasi Axborot xizmati va viloyat IIB YHXB Axborot xizmati tashabbusi bilan 2021-yil 25-dekabr kuni navbatdagi matbuot anjumani va ochiq muloqot o‘tkazildi.
“Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish” va “Xorazm viloyatida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzularida o‘tkazilgan ochiq muloqot va matbuot anjumaniga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan jurnalist, bloger va OAV vakillari taklif etildi.
Xorazm viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlarini professional kadrlar bilan jamlash, xodimlarni ona – Vatanga muhabbat va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yuksak insoniy va maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan xalqparvar xodim darajasiga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berildi.
Viloyat IIB YHXB masʼul xodimlari esa OAV vakillari va blogerlarning bugungi kunda viloyatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasidagi savollariga atroflicha javob berdilar.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati