21 Fevral 2022 yil 574

O‘quvchilar xursand bo‘lishdi

O‘zbek xalqi azal-azaldan bolajon xalq. Buni bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan, imtiyozlardan ham bilib olish mumkin. 

   Bugungi kunda respublikamizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olib, umumtaʼlim maktablaridagi o‘quv jarayonlari onlayn tarzda davom etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarni nazoratga olish hamda o‘quvchilarga yaqindan yordam berish maqsadida Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari ota-onalari qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining xonadoniga tashrif buyurishdi.

   -Onlayn dars mashg‘ulotlarini bajarayotganimda uyimizga ichki ishlar xodimlari kelib qolishdi,-deydi tumandagi 2-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Sevinchoy Sapayeva.-Ular fanlar bo‘yicha bajarayotgan mashg‘ulotlarimni ko‘zdan kechirib, savol-javob qilishdi. Xonadonimizdagi sharoitlarni o‘rganishdi. So‘ngra menga badiiy kitoblar hamda shashka-shaxmat doskasi sovg‘a qilishdi. Men ichki ishlar organlari xodimlarining bunday mehr-muruvvatidan juda xursand bo‘ldim.  

   "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 6-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Umidjon Qurbonov, 8-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Shahzodbek Botirov, 23-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Xudoybergan Masharipov, 4-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi Suxrobjon Raximberganov singari 17 nafar o‘quvchilarga sport anjomlari, shashka va shaxmat doskalari, badiiy kitoblar hamda o‘quv qo‘llanmalari sovga qilindi.

 

                                                                     mayor  Murod ZARIPOV,

Bog‘ot tumani IIB xodimi

Text to speech