Orasta kiyinish va shaxdam qadam tashlash ichki ishlar organi xodimiga xosdir
Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat kiyimini orasta kiyishlari va shaxdam yurishlarini taʼminlashda saf tayyorgarligi va saf ko‘riklarini o‘tkazish muhim o‘rin tutadi.
Shu bois, Xorazm viloyati IIB va uning sohaviy hamda hududiy tuzilmalarida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligini o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 8 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari asosida ayni kunlarda viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan o‘tkaziladigan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarida barcha xodimlar faol ishtirok etmoqdalar.
Saf ko‘rigida xodimlarning xizmat kiyimidagi alohida ajratib turuvchi atributikalarining belgilangan tartibda o‘rnatilganligi, tegishli hujjatlarining mavjudligi ham tekshirilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati