Probatsiya bo‘limi tashabbusi bilan navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Ichki ishlar organlarining probatsiya xizmatlari zimmasiga sudlar tomonidan tayinlangan, ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan, jazolarning ijro etilishini taʼminlash yuklatilgan.
Bugungi kunda Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘limi sudlar tomonidan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etilishini taʼminlash bilan cheklanib qolmasdan, bo‘lim tomonidan nazoratga olingan shaxslar bilan yakka, umumiy va maxsus profilaktik tadbirlarni ham olib bormoqdalar.
Shaxsni sog‘lom turmush tarziga to‘liq qaytarishda eng avvalo uni kundalik ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish asosiy o‘rin tutadi.
Ana shundan kelib chiqqan holda, Xorazm viloyati IIB Probatsiya bo‘limi tomonidan doimiy tarzda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarining tashkil etilishi va ushbu mehnat yarmarkalariga bo‘lim tomonidan nazoratga olingan shaxslarning taklif etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
7 yanvar kuni Xorazm viloyati IIB Probatsiya bo‘limi tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil etilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aynan probatsiya bo‘limi hisobida bo‘lgan shaxslarni doimiy ish o‘rni bilan taʼminlashga qaratildi.
Mehnat yarmarkasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik O.O‘rinbayev va Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari ishtirok etib, taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari hamda ish beruvchilar tomonidan qo‘yilgan shartlar va yaratilgan sharoitlarni atroflicha o‘rgandilar.
Mazkur mehnat yarmarkasida probatsiya bo‘limi hisobida bo‘lgan 100 nafardan ortiq shaxslar ishtirok etib, ularning 35 nafari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.
Yakunda “Ishga marhamat” monomarkazi rahbari IIV va viloyat IIB masʼul xodimlarini monomarkaz faoliyati va u yerda tahsil oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati