Probatsiya xizmati faoliyatidan: Insonparvarlik tamoyilining amaliy ifodasi
Xorazm viloyati ichki ishlar organlarining probatsiya xizmati xodimlari sudlar tomonidan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishini taʼminlashda, xizmat ro‘yxatida turgan shaxslarga nisbatan qonunlarda nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillarining o‘z vaqtida tatbiq etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelmoqdalar.
Bu borada ayniqsa sudlar tomonidan tayinlangan jazolarni o‘tash davrida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan, zimmalariga yuklatilgan vazifaga masʼuliyat bilan yondashgan, tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yuzasidan sudlarga o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritilayotganligi xizmat xodimlarining ro‘yxatga olingan har bir shaxsning taqdiriga befarq emasligidan dalolatdir.
Joriy yilning 7 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar va Urganch tuman sudlari tomonidan IIB probatsiya guruhi hisobida turgan 8 nafar shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomalar sayyor sudda ko‘rib chiqildi.
Sud tomonidan ilgari tayinlangan jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan shaxslarning kelgusi turmush tarzi to‘liq o‘rganilib, zarur hollarda ularni ijtimoiy himoya qilish yuzasidan mutasaddi organlarga ham taqdimnomalar kiritildi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati