7 May 2022 yil 626

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining  “Xuquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining rahbarlari va profilaktika (katta) inspektorlarining bilim saviyasi hamda kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 7 may kuni Xorazm viloyatining barcha shahar-tuman ichki ishlar organlarida profilaktik (katta) inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilgan hududiy sud, prokuratura, adliya va boshqa davlat muassasalarining maʼsul xodimlari yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berdilar.

Shuningdek amaldagi qonunlar va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir xilda qo‘llanilishini taʼminlash borasida o‘zaro fikr almashildi.

O‘tkazilayotgan ushbu o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad jismoniy va yuridik shaxslarning ichki ishlar organlariga qilgan murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy hal etilishini taʼminlashga qaratilgan.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech