16 Aprel 2022 yil 758

“Qalajiq-qalʼa” madaniy-turizm obyektiga sayohat uyushtirildi

Joriy yilning 16 aprel kuni viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va Bog‘ot tumani IIB rahbariyati  tashabbusi bilan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Maʼnaviyat marshruti” tadbiri ham taassurotlarga boy bo‘ldi.

Bog‘ot tumani IIB ning bir guruh xodimlari ishtirokida tumandagi “Qalajiq-qalʼa” madaniy-turizm obyektiga sayohat uyushtirildi.

Madaniy-turizm obyektining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan  xodimlarga tarixshunos gid tomonidan yetkazilgan maʼlumotlar esa ushbu qadimiy qalʼaning sir-sinoatini yana-da puxta o‘zlashtirishlari imkoniyatini berdi.

Kun davomidagi sayohat xodimlarga maʼnaviy ozuqa berish bilan birgalikda ularning tarixiy bilimlarini ham boyitishga munosib hissa qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech