20 Avgust 2022 yil 693

“Qoradori-2022”: Hazorasp tumanida “bangixona” fosh etildi

Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari tomonidan “Qoradori-2022” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar naktijasida, taqiqlangan ekinlarni, yaʼni, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘yish bilan bir qatorda giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish yoki tarqatish maqsadida tashkil etilgan bangixonalarni fosh etishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Hazorasp tumani IIB JQB xodimlari joriy yilning 14 avgust kuni xolislar ishtirokida Hazorasp tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, B.A.ning uyiga kirib borganlarida ana shunday bangixonalardan biriga duch kelishdi.

Xonadon egasi B.A. o‘zining mahalladoshi, 1975 yilda tug‘ilgan, X.R. bilan “opiy” giyohvandlik vositasini qo‘lbola moslamalardan foydalangan holda, birgalikda isteʼmol qilayotganliklari maʼlum bo‘ldi.

Surishtiruv jarayonida giyohvandlik vositasini “mehmon” o‘zi bilan birga olib kelganligi va buning evaziga esa “mezbon” zarur shart-sharoit yaratib berganligi ayon bo‘ldi.

Giyohvand sheriklar isteʼmolidan qolgan “opiy” va uni isteʼmol qilishga moslashtirilgan jihozlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Xolat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech