1 Noyabr 2020 yil 724

Qo‘shqo‘pir tumanida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Joriy yilning 29 oktabr kuni Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan, tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, X.I.ning uyida xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilganida, uyidagi isitish pechi ichida 0,65 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi hamda uni isteʼmol qilishda zarur bo‘ladigan ashyolarni saqlab qo‘yganligi maʼlum bo‘ldi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv jarayonida X.I. ushbu giyohvandlik vositasini Qo‘shko‘pir tumanining “Ittifoq” mahallasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, K.X.dan sotib olganligini bildirganligi bois, nazorat tartibida o‘tkazilgan “savdo”da K.X. navbatdagi “haridor”ga bir bo‘lak “opiy” giyohvandlik vositasini 250 000 so‘mga sotib o‘tkazayotganida jinoyat ustida qo‘lga olindi va uning uyida ham xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazildi.

K.X. o‘z uyining qurilishi tugallanmagan qismida shisha banka ichida kelgusida qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, alohida-alohida qadoqlab saqlab kelayotgan, 11 bo‘lak “opiy” giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech