5 Fevral 2022 yil 685

Rasmiy munosabat: Fuqaro Ilxom Hayitbayevning ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan murojaati yuzasidan

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani Pitnak shahrida yashovchi fuqaro Ilxom Hayitbayev ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, o‘z murojaatida o‘g‘lini bir guruh tanishlari urib, haqorat qilib hamda ushbu jarayonni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganliklarini ammo ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmaganligini bayon qilgan.

Fuqaro I.Hayitbayev bayon qilgan hodisa 2021 yilning 14 dekabr kuni Tuproqqalʼa tumanida sodir bo‘lgan va I.Hayitbayevning turmush o‘rtog‘i S.Hayitbayevaning tuman ichki ishlar bo‘limiga telefon orqali bergan xabariga asosan shu kunning o‘zida tegishli tartibda ro‘yxatga olingan va tergovga qadar tekshiruv harkatlari olib borilgan.

Mazkur tergovga qadar tekshiruv natijasi ko‘ra hodisa ishtirokchilarining xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi , 461–moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar mavjudligi to‘g‘risida qaror qabul qilinib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan.

Maʼuriy huquqbuzarlikka oid ish 2022 yil 17 yanvar kuni JIB Tuproqqalʼa tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, tergovga qadar qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun qaytarilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Tuproqqalʼa tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech