Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “Haydovchilarning huquqbuzarliklarini videoga olib, pul ishlayotgan “tadbirkor” qo‘lga tushdi” nomli sarlavha ostida tarqalgan videolavha yuzasidan
2023 yil 13 fevral kuni, ijtimoiy tarmoqlarda “Haydovchilarning huquqbuzarliklarini videoga olib, pul ishlayotgan “tadbirkor” qo‘lga tushdi” sarlavxasi ostida video joylashtirilgan bo‘lib, unda bir necha fuqarolar bir nafar yigitni avtomashina haydovchilarining qoidabuzarligini videotasvirga olib yurganligi uchun qasddan urib, jarohat yetkazganliklari xolati aks etgan.
Xolat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, mazkur hodisa 2023 yil 10 yanvar kuni Urganch shahrida sodir bo‘lganligi, jabrlanuvchi fuqaro, Xonqa tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, B.M. ekanligi aniqlandi.
Shundan keyin ushbu xolat tegishli tartibda ichki ishlar organlarida qayd etildi va olib borilgan surishtiruvlar natijasida B.M.ga jarohat yetkazgan fuqarolarning ham shaxsiga aniqlik kiritildi.
Xozirda xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati